Achchiq hayot

  • Baxtiyor samimiy hayotning qiyinchiligini ko’rgan bola edi. U asli O’zbekistonlik bo’lib kasalligi sabab betobligini unutish uchun va oilasiga sezdirmaslik uchun Rossiya Federatsiyasiga oilasiga ishlagani ketyapman deb ketgan edi. U o’ziga yengil ish ham topdi, bo’sh vaqtlarida esa har hil o’zbek saytlarga kirar edi. Doimgidey u o’zi kirib yuradigan saytga kiradi va zerikib chat bo’limiga kiradi. U yerda uni do’stlari, tanishlari bir qiz bilan ya’ni ASAL nickidagi qiz bilan tortishishayotganini va u qiz ham bo’sh kelmay, haqorat qilayotganiga ko’zi tushdi. Baxtiyor avval bu nickdagi qizni ko’rmaganligini payqadi va u qiz bilan tanishmoqchi bo’ldi. Qizga pochtada “Salom yaxshi qiz, asabni asrang” deb yozdi. 5 daqiqalar chamasi qizdan habar keldi. Habar quyidagicha edi “…Alik. Raxmat, asabni jilovlay olmayapman, ular meni o’g'il bola deb o’ylashyapdi. Men qiz bolaman, hudo haqqi!...” deb yozilgan edi. Baxtiyor “Ha mayli, siqilmang, men ularga tushuntiraman. Siz bemalol o’tiravering saytda…” deb yozadi. Qiz esa “Yo’q! Ortiq chiday olmayman, bu saytga bugun a’zo bo’lgandim. Endi kirmayman, sizga omad!...” deb yozadi. Baxtiyor u qiz bilan juda ham suhbatlashishni hohlaydi va qizga darrov “Iltimos, shoshmang… Siz qaysi saytda bo’lasiz? Siz bilan do’stlashmoqchiman. Iltimos, aytib keting!...” deydi. Qiz Baxtiyorni o’zi kiradigan sevimli saytiga taklif qiladi. Yigit o’sha zaxoti qiz aytgan saytga a’zo bo’ladi va ular shu yerda yaqindan tanishishadi. Qiz - ismi Sabina, 1991 yilda tug’ilganligi, “mitistka”ligini - otasi o’zbek, onasi tatarligini, asli O’zbekistondanligini, hozirda oilasi bilan Rossiya hududida yashayotganini, o’zi esa Yuridik institutida o'qishini aytadi. Va xo’rsinib “Ehh… menda shu… lekin hech nimaga qiziqmayman” deydi. Baxtiyor esa buning sababini so’raydi – “Kim hafa qildi yoki anavi saytdagi ish uchun hali ham hafamisiz” deb suraydi. Qiz “Yo’q. Bilasizmi, men kasalman RAK!... Qancha umrim qoldi bilmayman. Hozirda men shifoxonadaman - onkologiyada davolanayapman, jonlantirish bo’limida. Bundan 10 kun avval bexush holda olib kelishgandi…” deydi. Yigit bu so’zlarni o'qib qurqib ketadi. Chunki bu kasallik unga begona emasdi… Yigit ham qizga o’z dardini, o’zi haqida aytib beradi. Ular samimiy chin dust bo’lishga, doim suhbatlashib turishga kelishib olishadi.
    Kunlar shu tariqa o’tadi. Qiz bu saytda sevgani borligini va dugonasi borligi aytadi. Yigitni ham endi ular qatori eng yaqin insoni ekanini ta’kidlab o’tadi. Baxtiyor ishdan qaytgan zaxoti sayt manzillarini yozib SABINAANGELni izlar edi. SABINANGEL bu qizni nick nomi edi. Qiz esa doimgidek saytda do’stlari, dugonasi bilan suhbatlashar edi. Bahtiyor qizni onlineligini ko’rib hursand bo’lib ketardi. Lekin u qiz kasalligi uchun achinardi. Soat tungi 02:30 da ham Sabina saytdan chiqmas edi. Baxtiyor va ko’p do’stlari “Saytdan chiq, senga mumkin emas. Sabina ozgina uxlab ol, yana kirasan seni kutamiz!...” deb tergashsa, Sabina “Nima meni haydayapsizlarmi, men uxlamayman, uxlashdan qo’rqaman. Nega haydaysizlar, qayta uyg'onmasamchi?...” deb hammani kayfiyatini tushirib yuborardi. Sabina saytni erkatoyi edi. Bahtiyor Sabina bilan har kuni tunda suhbatlashar edi. qiz har doimgidek umidsizlanib borayotganini, hayotga bo’lgan qiziqishi so’nib borayotganini aytadi. Yigit ham kasalligini, u ham kup yashamasligini aytadi. Qiz esa “Yo’q, siz hali ko’p yashaysiz. Ko’p umr ko’rasiz, men buni bilaman. “1jon2miz3un (yani bir jon ikkimiz uchun )”…” deydi. Yigit qizni chalg'itish uchun dunyo go’zalliklari va sevgi haqida so’zlab berardi. Qiz juda ham samimiy, dunyo qarashi keng, samimiy do’stlikni hurmat qiladigan musilmon qiz edi. Har bir so’zida Allohga shukr omin, deb so’zlar edi.
    Oradan bir oy o’tadi. Kunlar shu zaylda o’tadi. Kunlarnig birida yigitning ishlash joyida kasali huruj qiladi va u shifoxonaga joylashtiriladi. Baxtiyor Sabina bilan gaplasha olmagani uchun afsuslanadi va tezroq sog'ayib, saytga kirishni Sabina bilan suhbatlashishni hohlaydi. Fikri hayoli qizda bo’ladi va Baxtiyor 19-avgust kuni (sanaga ahamiyat bering) operatsiya stoliga yotqiziladi. Oradan ancha kun o’tib Baxtiyorni ahvoli yaxshilana boshlaydi. U uyiga sentyabr oyida qaytadi va uyiga kirib, darhol kompyuterini yoqadi. Sabina bilan suhbatlashadigan sayti manzilini yozadi… Afsus, ming afsuski… sayt yopilgan edi. Yigit shok holatiga tushadi. Eng yaqin insoni – Sabinani yo’qotganini, endi uni qayerdan izlashini o’ylaydi. U qayta-qayta sayt manzilini yozadi. Afsuski.. yo’q… sayt yo’q bo’lgandi. Baxtiyor har kuni har hil saytlardan Sabinani izlaydi lekin afsuski qizni hech bir saytdan topa olmaydi. U qizni topish orzusi bilan yashay boshlaydi. Oradan bir oy o’tgandan so’ng u a’zo bo’lgan saytga kiradi. Chat bo’limida yangi do’stlari bilan suhbatlashayotganida uni pochtasiga habar keladi. “Salom! Siz romantika (Sabina bilan suhbatlashgan saytni aytadi) saytidagi Baxtiyormi-a?...”. Bahtiyor hayron bo’lib “Ha. Siz meni qayerdan taniysiz, kimsiz?” deya javob yozadi. Yana habar keladi “SABINAANGEL” Sabinani eng yaqin dugonasi Janonaman tanidizmi?”… Yigit qizni taniydi va darhol undan sayt yopilganini, Sabina qaysi saytdaligini, uni izlayotganini aytadi… Qizdan ancha vaqtdan so’ng habar keladi, habar quyidagicha edi: “Ehh, afsus… afsuski sayt yopildi. Bizni erkatoyimiz Sabina esa olamdan o’tgan… sizni habariz yo’qmidi, u 19-avgust kuni olamdan o’tdi. Buni menga singlisi Albina aytdi. Oxirati obod bo’lgan bo’lsin....”
    Baxtiyor bu so’zlarni qayta-qayta o'qiydi. “Yo’q bo’lishi mumkin emas! Yo’q u hayot!” deb ishonmaydi. Afsuski Sabinaning singlisi Albina ham opasi vafot etganini yozadi. Yigit ishongisi kelmaydi, “Nahotki… nahotki 19-avgust men operatsiya stoliga yotgan kun u farishtaga aylangan bo’lsa… nahotki, “1jon2miz3un” bu haqiqat bo’lsa, u jonini menga hadya qildimi?... U endi yo’qmi, diydor mahsharga qoldimi?...” deb yigit dod soladi. Haqiqatda ham qiz saytdagi nickiga loyiq farishtadek qiz edi. SABINAANGEL…