dost

  • Omadimning kulgani shudir, Qalbingizda topibman qadr, Meni mendan ko'p qadrlagan, Do'stlarimning boriga shukr. Goh yiqilib, gohida turdim, Yaxshi yomon kunlarni ko'rdim, Yashayapman kim uchun bildim, Do'stlarimning boriga shukr. Yaxshi kun bor, yomon kun ham bor, Dushmanlarim qilolmaydi xor, Bir mehrga etmaydilar zor, Do'stlarimning boriga shukr. Sizlarga baxt omad so'rayman, Sizlar uchun jonim beraman, Men sizlarni yaxshi ko'raman, Do'stlarimning boriga shukr. Boylik uchun do'st emas ular, Har insonga yaxshilik qilar, Manmanlikdan qochadi bular, Do'stlarimning boriga shukr. Oqibatli bo'laylik derlar, Qon qarindosh g'amini yerlar, Shoshilmasdan o'ylab ish qilar, Do'stlarimning boriga shukr.