"SABR"......

  • "Sabr qiling" Agar sizni hayot sinasa Orzu dard bilan siylasa Qalbingizni gumon qiynasa Sabr qiling bari o'tadi. Do'stlaringiz aldab ketsa ham Joningizdan o'tib ketsa g'am to'g'ri bir oz qiladi alam Sabr qiling bari o'tadi. Boshingizga tushsa tashvishlar Tuxmat bilan otilgan toshlar Bo'g'zingizga kelsa mish-mishlar Sabr qiling bari o'tadi. G'am silasa mag'rur boshingiz Goh minnatli yegan oshingiz Nomardlarga tushsa ishingiz Sabr qiling bari o'tadi. Kulib turgan do'stingiz sotsa Sevganingiz sevgingiz sotsa Yo'l topolmay boshingiz qotsa Sabr qiling bari o'tadi. Hayot sinar barcha insonni Yengarmikan deya yolg'onni Unutmaylik Parvadigorni sabr qiling bari o'tadi...