onangizni yoniga shoshiling

  • Onamdan ayrilganimga o‘n sakkiz yil bo‘ldi. Ammo onamning xuddi o‘zini chizib beradigan o‘n sakkiz qator narsa yoza bilmadim., yoza olmadim! Meni shoir qilib tuqqat onam odamlarning og‘zida qoladigan bitta yoniq kitobga yo otashin bir she’rga arzimasmidi?! Shoirligim necha pulligu, yolg‘iz qiz saylanganimning bahosi qancha?! Birodar, men ham sizning biringizman. Hammaga vaqt topib, onamga vaqt topmagan, bolalarimni o‘n qator kiyintirganda, onamni bir qator kiyintirishni ham yolchitmagan, katta yig‘in — davralarda, dala-tuzlarda, meni bir ko‘rib qayta ko‘rmaydigan yetti yot begonalar huzurida qumriday sayrab, ko‘ngillarini olib, ammo onamni yarim soat eshitishga, uning quloqlariga besh daqiqagina tilangan so‘zlarini aytishga yaramagan farzandi g‘ofil men bo‘laman-da!!! O’zbekistonning hamma burchagiga poezdda-yu samoliyotlarda yetib, yonginamda yashaydigan, piyoda yuribgina o‘tib qo‘ysam bo‘ladigan joyda ko‘z nurlarini yo‘limga to‘kib o‘tirguvchi onam jonimni sog‘intirib o‘tgan arzon dilband men bo‘laman-da! Siz mening xatoyimni takrorlamang. Farzand bo‘lishga shoshiling. Onangizni rozi qilib saodatmand bo‘lishga shoshiling! Bu yorug‘ dunyoni onamizning etaklaridan tushib topdik. Asalu bolini totdik. Onamiz horib qolsa, biz ham darhol etaklarimizga solib olaylik uni! Yelkalarimizga qo‘ndirib olaylik! Armonlarimiz ko‘payib ketmasin, gunohlarimiz to‘planib ketmasin, onangizga shoshiling-ey, onagizga shoshiling… Dildora nomidan yozilgan