Qalblarda abadiy xotirangiz!

  • Erta tongda esgan mayin shaboda ortida sokin yomgir tomchilari yuzlarimni kuzyoshim bilan sekin yuvib tushardi. Bugun millionlab o'zbek xalqi bilan qo'shilib osmon ham yig'layapti. Siz xalq otasi edingiz, 25 yil davomida nimagaki erishgan bo'lsak barchasi sizning oqilona siyosatingiz, uzoqni ko'ra bilgan g'oyalaringiz mevasidir. Yosh go'dakni qo'lidan tutgancha yo'l ko'rsatgan kabi siz ham o'zbek xalqiga buyuk yo'lboshchi bo'ldingiz. Mustaqilligimizni 25 yilligi bayrami biz uchun quvonchli bo'ldi ammo sizdan judo bo'lish biz o'zbek eliga buyuk yo'qotish bo'ldi. Qalbimiz yig'layapti judolik azobi qiyin ekan. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning yotgan joylari jannat bo'lsin. Biz o'zbek xalqi hech qachon sizni unutmaymiz. Siz qalbimizda, avlodlar qalbida umrbod yashaysiz! Siz bizning g'ururimiz, baxtimiz,ozodligimiz ramzi sifatida hamisha qalbimizdasiz! Allohim oxiratingizni obod qilsin omin! @