Siz qalbimizning ardog`isiz aziz onajon!!!

  • Ona- olloh yaratgan buyuk mo‘'jizadir. Ona - oila charog‘boni, go‘zallik timsoli, farzandlar tarbiyachisi,

    xonadon fayzidir.

    O‘zbek ayoli, o‘zbek oilasining shakllanishi uzoq tarixga ega jarayon hisoblanadi. Sharq ayollari, jumladan o‘zbek ayolining shaklu shamoyili, siyrati, ma'naviy olami- ning shakllanishida, islom dinining ta'siri beqiyos. Qadimda oila boshlig‘i bo‘lgan erkakka hurmat, sharm-hayo, andisha, sabr va matonat o‘zbek ayolining muhim xislati sanalgan. Bunday xislatni ayollar yashagan oilalarda totuv- lik, hamjihatlik vaziyati qaror topib, farzandlari dono, aqlli ajoyib insonlar bo‘lib voyaga yetishgan.

    Arabcha “ayol” so‘zi - ”oila” kalimasi bilan o‘zakdosh. Eski tilimizda “oila a'zolari” tushunchasi “ahli ayol” birikmasi bilan ifodalangani shundan.

    Chindan ham oilaning fayzu barakasi ko‘p jihatdan ayolga bog‘liq . Xalqimiz bekorga ayollarimizni “uy bekasi”, “xonadon farishtasi” deb ulug‘lamaydi.

    O‘zbek diyori xalqlari o‘z erkinligini qo‘lga kirit- gandan so‘ng mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va mada- niy-ma'rifiy jabhalarda, tub islohotlarni amalga oshi- rish jarayonida oila, ayol, farzandlar tarbiyasi masalasiga ham e'tibor berila boshlandi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan 1998 yil “Oila yili”, 1999 yil “Ayollar yili” deb e'lon qilinib, bu borada ancha ishlar amalga oshirildi. Oila, onalik va bola- lik qadriyatlarini  tiklash, oila mustahkamligini ta'min- lash mamlakatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

    Mamlakatimiz mustaqilligi, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ma'na- viy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash, oilalarning mustahkamligini ta'minlash, onalik va bolalikni ijti- moiy muhofaza qilish borasida qator muammolarni hal qilish imkonini berdi. Jumladan, Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy farmoni mamla-  katimiz ayollarining jamiyatni, davlatni boshqarishdagi bilimlari, aqlu zakovat, fahmu farosati va  imkoniyat-lariga  bo‘lgan ishonchining yorqin namunasidir.

    Bizning o‘zbek xotin-qizlari orasida jahon tarixida o‘z nomi, o‘rni bilan mashhur ayollar juda ko‘p, To‘maris, Saroy Mulkxonim, Nodirabegim, Gulbadanbegim,   Zebunisobegim, Jahon otin, Uvaysiy, Akbar otin, Zulfiya, Saida kabi shoiru fozilalar, hukmdorlar o‘tgan.

    Jahon madaniyati va ma'naviyati xazinasiga Al-Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino, imom al-Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi yuzlab allomai zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalab bergan ham bizning zaminda kamolga yetgan ayollardir.

    Ayollar jamiyatda katta kuchdir. Ularning har biri o‘ziga xos shaxs, har biri o‘zgacha tarix, har birining o‘zga bir olami, didi, farosati, qobiliyati bor.

      Aziz ayollar, mehribon onajonlar, sevimli singiljonlar yaqinlashayotgan bayramingiz muborak bo`lsin. Ilohim oilalar baxtiga hamisha omon bo`ling. Go`zallik, latofat, nomus va hayo sizni aslo tark etmasin!

      Cheksiz mehr bilan Zumradxon