Nikola Teslaning aqlbovar qilmas 7 ixtirosi

  • Nikola Tesla, fizika fanlari doktori va xozirda uyimizda elektr toki bo`lishining asosiy sababchisi. Uning ko`pchilik tajriba va ixtirolari xozirgi vaqtga kelib yo`q bo`lib ketgan. Qolgan narsa faqat elektr toki va uni keng ko`lamda tarqatish usuli :). Lekin uning eng zo`r ixtirolari o`zi bilan birga ko`milik ketgan degan fikrlar ham yo`q emas. Keling shularni ko`rib chiqamiz: 1. Elektr tokini simsiz uzatish. Bundan 120 yil muqaddam 1893 yilda Chikagodagi ko`rgazmada Tesla elektromagnit induksiya orqali elektr tokini simsiz uzatish usulini namoyish etdi. Bu ixtiro kelajak uchun qanchalik muhim ekanligini ta`kidlab o`tishiga qaramay unga ko`pchilik e`tibor bermadi. Xozir esa Intel va Sony kompaniyalari simsiz telefon batareyasini quvvatlash haqida bosh qotirishmoqda 2. Rentgen. Xa azizlar bu ixtiro Vilgelm Rentgen ga tegishli dersiz lekin unday emas. 1880 yilda Tesla Rengenni ixtiro qiladi va ommaga havola etadi. Ushbu qurilma insonni ichini yormasdan turib uning ichki ko`rinishini tasvirga olar edi. Afsuski buning inson to`qimalariga zarari borligini eshitgan odamlar ixtiroga nafrat bilan qaray boshladilar. 8 yildan so`ng ixtiro Vilgelm Rentgen qo`lida qayta tirildi 3. Ajal nuri. Tesla o`z ixtirolari orasida harbiy yo`nalishda xam katta surilish amalga oshirgan. Tesla o‘limidan bir oz oldin 400 kilometr masofadan turib 10 mingta samolyotni yo‘q qilishga qodir «ajal nuri»ni ixtiro qilganligini e'lon qildi. Uning yangi mashinasiz barcha nur parchalarni bir yerga yeg`ib uning ma`lum bir ko`rsatgichga yuborish edi. Shu yo`l orqali dushmanlarning samolyotlarini yer tishlatish mumkin edi. Lekin ixtiro qayerga ketgan hech kim bilmaydi 4. Robotatexnika. Ma`ruzalarning birida Tesla "Kelajakda hamma ishni robotlar amalga oshiradi" deya bashorat qilgan. O`zi esa usha davrda radioboshqaruvli kater ixtiro qilgan. Bu robotexnikaga qo`yilgan birinchi qadam edi 5. ZilZila mashinasi. 1898-yilda Tesla Zilzila hosil qila oladigan mashinani ixtiro qiladi. Ushbu mashina to`lqinlarni chaqira oladigan va ularni kuchaytira oladigan qobiliyatga ega bo`lib, uning kuchi bilan katta binoni yo`q qilib yuborish mumkin edi. Mashinani og`irligi 1 kg. Uni tekshirganda xaqiqatdan xam ish berib zilzila bo`ladi. Buni bilgan Tesla "Agar bu begonalarning qo'liga tushsa oqibati yaxwilik bilan tugamaydi" deya bolg`acha bilan qurolni mayda bo`laklarga bo`lib tashlaydi va yordamchilariga "Odamlarga zilzila tabiiy ravishda bo`ldi deb ayting" deya buyruq beradi. 6.Teleportatsiya.Teslaning o‘limidan o‘n oy o‘tgandan so‘ng Amerika harbiy floti kemalarni radarga ko‘rinmaydigan qilish borasida tajriba o‘tkazdi. Buning uchun «Eldrij» esminetsiga Nikola Teslaning generatori yordamida radarga ta'sir o‘tkazadigan «elektromagnit pufak» o‘rnatishdi. Tajriba paytida mutlaqo kutilmagan hodisa yuz berdi. Kema nafaqat radarga, balki inson ko‘ziga ham ko‘rinmaydigan bo‘lib qoldi. Buning ustiga, kema turgan joyidan yuzlab kilometr uzoqlikda paydo bo‘lib, so‘ng yana Filadelfiyadagi bazaga qayt­di. Kema Filadelfiyadan Norfolkka «borib-kelguncha» uning ichidagi odamlar butunlay telbaga aylanishdi. Ularni uzoq vaqt davolashga urinishdi, ammo foydasi bo‘lmadi. Shundan so‘ng bu loyiha bekor qilindi. 7.So'nmas energiya.1931 yilda Nikola Tesla ommaga sirli avtomobilni namoyish etdi. U qimmatbaho limuzinning dvigatelini olib tashladi va elektromotor o‘rnatdi. So‘ng kapot ichiga kichkinagina quticha o‘rnatdi va motorga uladi. «Endi energiya bor» degan Tesla avtomobilga o‘tirdi va yurgizdi. Avtomobilning tezligi soatiga 150 kilometrga yetdi. Mashinani bir hafta sinashdi. Qutichadagi tok manbai esa tugay demasdi. «Tok qaerdan kelyapti» degan savolga u «Borliqdan» deb javob berardi. Yig‘ilganlar uning afsungar ekanliklarini aytishgach, Tesla jahl bilan qutichani chiqarib oldi va tajribaxonasiga olib ketdi. Bu qutining qanday yasalgani va nima hisobiga ishlagani hozirgacha sirligicha qolmoqda.Chunki zamonasdan utib ketgan olimning ixtirolariga insoniyat hali tayyor emas edi .....
  • Avvalgi fikrlarni ko'rsating (10)
  • suhrobbek sharipov
    suhrobbek sharipov
    salom smile-ae
    November 9, 2016
  • Just and fair
    Just and fair
    smile-an
    November 15, 2016
  • Timur Saparbaev
    Timur Saparbaev
    biz tarix tog'risida juda kam malumot bilamiz bazilarini ataylab yashirishadi bazilarini esa kerakmas deb oylashadi
    November 21, 2016
  • Timur Saparbaev
    Timur Saparbaev
    Masalan Albert Enshteyn yoki Nobel uqshagan buyuk olimlarning faqat birta ikta ishlarini sanab berishimiz mumkin holos. Keshirasizlaru Har yili topshiriladigan Nobel Mukofotini bilamizu. Lekin U insonning kimligidan xabarimiz yoq.
    November 21, 2016
  • Just and fair
    Just and fair
    H manam wuni etaman. Albert Enshtyen ham harbiy kemada teleportatsiyani tajriba qb kurgan
    December 4, 2016
  • Jlu4HocTlo *
    Jlu4HocTlo *
    bo'magan gapla ko'p, elektr tokini xech qanaqasiga ochiq 3 o'lchamli olamda o'tkazib bo'midi, bo'ganda bizlar sezsorikani o'rniga galagramma ishlatayotgan bo'lardik! agar teslada zilzila chiqaradigan qurilma bo'ganda u dunyoni egallab olgan bo'lardi, hozi...  ko‘proq
    December 7, 2016
  • Jlu4HocTlo *
    Jlu4HocTlo *
    teleportasiya deganda nimani tushunasiz? teleportasiya bu ma'lum narsani 10darajasi -1000 marta kichik bo'lakka bo'lib xuddi shu tezlikda boshqa bir joyga yetkazib yi'ish tushuniladi
    December 7, 2016
  • Just and fair
    Just and fair
    Galagramma diysizmi? Oka agar xabariz bösa yaponiyalik olimla texnologiyaga aynan shu soha boyicha yengili( yani kompyuter) kiritishdi...
    February 18
  • Just and fair
    Just and fair
    Noutbukning ikki yonidegi lazerniy tayoqchalar örtasida galagramma körinishidagi tasvirla hosil böladi
    February 18
  • Just and fair
    Just and fair
    Inson nmalaga qodirligini hich kim bilmidi! Haligacha olimlar insonning nmaga qodirligi togrisida br toxtamga kelishmagan, chunki inson ongli mavjudot uning imkonyatlari chegaralanmagan, shuning uchun ham insoniyatning har bir kuni har bir daqiqasi bror b...  ko‘proq
    October 14