Ko'ngil***

  • Yana seni eslab yig’laydi ko’ngil, 
    Yig’laydi yurakning tubida armon. 
    Seni qo’msab ado bo’ldim, ishongin, 
    Abadiy ayrilmoq, oh, yomon, ishon! 
    >>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<< 
    Seni sevaman deb aytmagandim hech, 
    Qalbimda yashardi cheksiz muhabbat. 
    Uni izhor qilmoq, afsus, endi kech, 
    O’ksib-o’ksib yig’lar, esiz, muhabbat. 
    >>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<< 
    Ketolmaydi sira ko’zim o’ngidan, 
    Beg’ubor ko’zlaring, alpdek qomating. 
    Ishonmayman also, ishonolmayman, 
    Ollohga yolvorib bitdi toqatim. 
    >>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<< 
    O’zgalardek yonib-kuydim, demadim, 
    Hamroh edi hamon mislsiz sabr. 
    Yaratgandan menga ato etgani 
    Shu bo’ldi – yagona cho’qqaygan qabr. 
    >>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<< 
    Abadiy yurakda yashaysan o’zing, 
    Olovli yoshlikdan hotira bo’lib. 
    Mangu seni eslab she`rlar bitaman, 
    Qalbi yaralangan shoira bo’lib. 
    >>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<< 
    Endi qaytmas also qalbimga bahor, 
    Qaytmas endi dilga shu aziz tuyg’u. 
    Muhabbatimni ham qo’mdim tuproqqa, 
    Endi sevolmayman o’zgani mangu… 
    >>>>>>>>>♥♥♥♥♥♥<<<<<<<<