“Uning baxtli bolishga haqqi bor edi”

  •                                        “Uning baxtli bolishga haqqi bor edi”

    U huddi farishtaga oxshar edi, o’zi oppoq, ko’zlari moviy rangda sochlari misli sharsharadek edi, uni korgan har qanday inson havas qilmasdan qolmas edi..Bolaligidan mehnatda o’sgan, har qanday uy yumishlarini sidqidildan bajarar barchaning duosini olar edi. Oddiygina oilada Oqila va pokiza bir go’zal farishta bolib voyaga yetdi.Honadonidan sovchilar arimas edi.Uning orzulari bisyor, eng go’zal qalb sohibasi edi, shunga qaramasdan u hali hech kimga ko’ngil qoymagan edi.Yillar o’tdi o’z kuchi bilan bilm yurtlarini a’lo baxolarga tamomladi va o’z sohasi bo’yicha ishlay boshladi.. Bo’yi yetib oila qurish yoshiga kelgan edi, u ham o’zgalar kabi sevib sevilib turmush qurishni hohlardi..Hayoti shu yo’sinda davom etayotgan bir paytda bir yigit uning hayotiga kirdi. yigit uni shu qadar sevib qolgan ediki  har kuni ish joyiga kelar, qizning ishi tugagunga qadar kutar va uni kuzatib qoyar edi ammo u o’sha yigit uning ortidan yurishini tinimsiz kuzatishini hushlamas edi negaki oilasi ota-onasining sha’niga dog’ tushurishni hohlamas edi.. Yigit unga necha bora o’z sevgisini izhor qilmasin u rad etardi va ishonmasligini takrorlardi…yigit sevgisini yo’qotmaslik uchun niyati jiddiyligini uni baxtli qilishini, unga ishonsa hammasi yaxwi bolishini aytib  bot bot va’dala berar edi.. Ammo u yigitga shunday dedi: “Hali onangizning fikrini bilmay turib siz nega buncha o’zingizga ishonch bilan gapiryapsiz”, yigit “Onam sen tanlagan qiz men tanlagan qizdir senga ishonaman dedilar” deya unga yaqin kunlarda sovchi yuborishini aytdi, sovchilar keldi, oradan nima gaplar o’tganini u oilasidagilardan so’rawga botina olmas edi... Lekin yigit hammasi kongildagidek bolganini hudo hohlasa hammasi yaxwi bolishini aytdi, Bola va uning oilasi qizning oilasiga ham ma’qul kelgan edi Oradan vaqtlar o’tdi yigit uning konglidan joy oldi va beg’ubor sevgisiga sazovor boldi, u Begining Guli edi judayam baxtli edi, qanchadan qancha orzular qiliwdi yigit uning har kunini fayzli quvonchli lahzalarga boyitar edi, har tong Gulining yoqimli ovozini eshitib uyqudan ko’z ochar , tunda esa uning ovozini ewitmasdan uyquga ketmas edi, ularning sevgisiga barcha havas bilan boqar edi, Uning mayin ovozlar bilan Begidan habar olishlari, havotirlanishlari, beg’ubor sevgisi yigitning sevgisini yanada orttirar edi, yana vaqtlar o’tdi buni qarangki ularning sevgisiga ham ko’z tegdi o’rtaga biroz muddat sovuqchilik tushdi yigit negadir arzimagan sabablar rashklar bilan orani ochishga urinar , uning ko’z yoshlari esa daryo misoli oqar edi qalbi bu qiynoqlarga bardosh qilolmas lekin u sabrli edi..Yigit orani ochib biroz muddatdan song baribir usiz yaway olmasligini tan olib qaytar edi. Bu hol bir necha marotaba takrorlandi va bu safar yigitdan sado chiqmadi qizning sabr kosasi tolib nima uchun sevgilisi bunday qilayotganini so’radi , sovchilardan ham darak bolmay ketganini aytdi…Uning qalbi notinch, yigitga bir paytlar bergan va’dalarini eslatar, qo’rqar, yig’lar edi..Negaki onasi uning yigitda kongli borligini, kelayotgan sovchilarni ham shu yigit tufayli qatrayotganini bilar edi, u ayrim sevishganlarning ayro qismati ularning ham qismatiga bitishidan, sevgisini yo’qotishdan, onasining va oilasining oldida yuzi yerga qarab qolishidan judayam qorqar edi…Bir kun ko’zlarida yosh bilan konglidagi so’zlarini Begiga oshkor qilganida, yigit –O’wa ilk marta oilasi qiznikiga borganida onasi qizni yoqtirgani ammo qiz oddiy oiladan ekanligi va ular bir birlariga to’g’ri kelmasliklarini aytgan, yigit esa shu kungacha ota onasini kondirishiga ishonib qizni yolg’on so’zlar bilan umidlarga to’ldirib keliwga majbur bolganini lekin afsus oxir –oqibat kurasha olmaganini va onasi o’zi bir qiz topganligini va yaqinda ular unashtirimoqchi ekanligini aytdi..Endi kechligini ortga yo’l yo’qligini onasining rayiga ikki dunyoda ham qarshi chiqa olmasligini aytib qizga baxt tiladi…Ko’z o’ngi qorong’ulashib yurak bag’ri tilka-pora bolib, o’z sevgilisi nega bunchalik sovuqqonlik bilan undan osongina voz kechayotganini qalbiga va aqliga sig’dirolmas edi…U ko’z yoshlar tokkancha ortga qaytar endi oila a’zolariga onasiga nima deb javob berishini bilmas edi..Hayotdan sovigan, ko’zlaridagi porlab turgan nur yo’qolgan bechora huddi tirik murdadek yashay boshladi,har qadami sevgilisini yodiga solar endi u yoqligini anglatguvchi achchiq haqiqatlar esa unga azob berar edi  To’g’ri u hayot davom etadi deb bolgan voqealarni otmishida qoldirsa bolar edi lekin u bunday qilolmas edi, chunki u shu qadar pokiza qalb egasi ediki bu hayotda ilk bor kongil qoygan insoni bilan butun umr birga bolishiga ishonib yashagan edi ..vaqtlar o’tdi ammo uning dardi hali hanuz arimagan edi..Bir kuni har doimgidek ishga kelayotganida katta yoldan otmoqchi bolib ne koz bilan ko’rsinki yolning u tomonida uning Suyukli yori yonida bir hurliqo bilan  kulgancha suhbat qurishar , qiz uning qollaridan mahkam ushlab olgan holda yelkasiga suyanib turar edi . shu 5 soniya ichida konglidan bir asrga tatigulik hislarni kechirgan qiz ko’zlaridan yoshlari tinmay oqar ekan,  endi o’z sevgilisini yo’qotganligini, uning baxtiga ozga bir qiz ega chiqganligi, orzulari armonga aylanganligini tan oldi va so’nggi bor ha so’nggi bora suyukli yori unga bir qiyo boqishiga umid qilib boqib turar edi. Uning so’nggi tilagi ro’yobga chiqdi, yigitning ko’zi behosdan qizning ko’ziga tushishi bilan qizning kongli taskin topdiyuu katta tezlik bilan kelayotgan avtomabilning yolidan qochishga ulgurolmadi……………………………………………………………………………………

    Hamma qizning boshiga yig’ilgan, yigit esa dong qotgancha na bir so’z aytishini  va na bir harakat qilishini bilmas edi. U ohista qadam tashlagancha tilidan Gulim degan so’zni uzmasdan qonga belanib yotgan sevgilisi yoniga keldi va uni qo’llariga olib qattiq bag’riga bosdi. Uning issiq tanasi asta sekin muzlab borar, kozlaridagi yoshi yuzida maxzun iz qoldirgan, yuragi esa allaqachon urishdan tohtagan edi.. Lekin shunga qaramasdan uning yuzidan nur taralib turar edi.. Huddiki uyqudagi hurliqo kabi hozir kozlarini ochadiyu Begim deya meni chaqiradi deb umid qilardi yigit  endi Gulidan hechqachon sado chiqmasligini bilsa ham …U faqat bir so’zni takrorlar edi “Meni kechir Gulim seni baxtli, qila olmadim”………………………

    Nega endi bunday achchiq qismat uni yosh umrini hazon qildi, axir u farishtaning baxli bolishga haqqi bor ediku…