Armonlarim

  • Kuldimikan armonlarim kundimikan?

    Taqdir menga g`amni loyiq ko'rdimikan?

    Ketarkansan hayotimga kelding nega?

    Mag'rur tutgan tik boshimni egding nega?

     

    Kuldimikan armonlarim kundimikan?

    Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?

    Ketarkansan hayotimga kelding nega?

    Mag'rur tutgan tik boshimni egding nega?

     

    Kuldimikan armonlarim kundimikan?

    Taqdir menga g`amni loyiq ko`rdimikan?

     

    Muhabbatdan sochilardi zar uchqunlar,

    Yo'llarimni yoritarding qaro kunlar.

    Senga cho'llar kerakmidi, issiq qumlar?

    Mening bog'im senga kamlik qildimikan?

     

    Ketganingda yurak biram o'rtandiya,

    Bu jumboqni vaqtga soldim, yechar deya.

    O'ylamasdim bir mendan kechar deya

    Hayollarim hotirjamlik qildimikan?

     

    Kuldimikan armonlarim kundimikan?

    Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?

     

    Ayriliqqa jiddiyroq bir sabab bormi?

    Firoq bizning ayriliqqa shunchalar zormi?

    Fig'onlarim zor yig'latur mungli torni,

    Armon bizga yo hakamlik qildimikan?

     

    Olis yo'llar! Olis yo'llar! Olis makon!

    Izlaringni sog`indim yor qadrdon.

    Yarim ko`nglim unutmaydi, Bil hechqachon!

    Sen eslamay hotirang pant berdimikan?

     

    Kuldimikan armonlarim kundimikan?

    Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan?