Haqiqiy Erkak

  • Juftining yonida bir suyanch tirgak, 
    G'amni yo'liqtirmas har lahza sergak, 
    Sevib sevilishga arzimoq uchun- 
    Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

    Har lahza hurmatin joyiga qo'yar, 
    Yonidan ketmayin, erkalab suyar, 
    U doyim mehribon, qalqon jonkuyar, 
    Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 
    Bemor bo'lganida yonida bedor, 
    Tabiblardan ko'proq joniga mador, 
    Xato qilganida bermayin ozor, 
    Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

    Ko'nglining eng aziz xonasi kabi, 
    Asraydi singlisi, onasi kabi, 
    Aslo tugamayin quvonchlar safi, 
    Ayolga baxt berar haqiqiy erkak. 

    Yigitlik nomini ko'tarib baland, 
    Ko'rganlar qarasin havaslar bilan, 
    Ardoqlab yashaydi, sevadi dildan, 
    Ayolga baxt berar haqiqiy erkak.