Gulistonga sayohat...

  • "14.06.2014. Erta tongdan havo bulut. Huddi dardidan qutila olmayotgan homilador ayol singari... Na yomg`ir yog`adi, na quyosh chiqadi... Bugun qanaqadir boshqacha kun. Ne uchundir tushkun kayfiyatdaman. Bomdod namozidan so`ng, ishga otlandim. Bugun o`quvchilarimi bellashuvga olib borishim kerak....

     

    Afsus... Bellashuvga bora olmadim, yanada kayfiyatim yomonlashdi... Odamlarga kulib qaraganim bilan, sho`x-shaddod ko`ringanim bilan ich-ichimdan xafaman. Xech bir narsa yoqmayapti. Na bir istak, na bir hohish bor... Qiziq... Avtobusda qayergadir ketmoqdaman... Anglolmadim... Muloqot.uz ga kirdim... U yerda ham jim-jitlik... Hozir portlab ketaman...

     

    Urra Ирода ----- opam borakanlar. Ularga habar jo`nataman. Opa Toshkentga kelin, suhbatlashib o`tiramiz. Lekin ular ham jim edilar. Telefonimga o`zingizni Gulistonga taklif qilaman degan habar keldi... Qanday boraman? Manzilni bilmasam... Hudoga tavakkal manzilni so`rab, sayohat qilib kelaman. 

     

    Yo`lovchi mashinalardan biri bilan gaplashib, manzilni aytdim. Narx-navoni kelishib yo`lga chiqdik naq 1 soatda. Bir farzandli ayol va 2 yigit hamrohim bo`lishdi... Har 10 minutda qayerga kelganimi so`rab ularni bezor qildim)) Har soatda Ирода ----- opam qo`ng`iroq qilib qayerga kelganimni so`rab bordilar. 1 soatda yetib kelasiz degan manzilga hali hamon yaqinlashganim yo`q, soat ham 11:00dan oshmoqda...

     

    Va nihoyat Sirdaryo viloyatiga ham yetib keldik, adashmasam oz qoldi Gulistonga... Taksi haydovchisi yoqilg`i tugaganini ma'lum qilib, uni to`ldirib olishi zarurligini bildirdi. Mashinadan tushdik... Bulutlar orasidan jazirama yozni bildirib quyosh mo`ralab turardi. Kun biram issiqki... Yana kutish... Atrofni kuzatmoqdaman. Atrofdagi odamlar manga hayrat ila qarashardi... Begona odam darrov sezilsa kerakda...

     

    Hamrohlarimdan ajrab qomaslik, aslida adashib qolmaslik uchun farzandi bilan birga yurgan ayolni ortidan qolmayman. Bolakayga kanfet berdim, savollarga tutdim. Nimadir qilib o`zimni chalg`itishim kerak edida. Yo`lovchi yigitlardan biri menga ham kanfet bering deb so`z ochib qoldi... Unga ham uzatdim, biroz suhbatlashdim-u ulardan uzoqlashdim...

     

    Bir mahal qarasam haligi ayol bolasini yetaklagancha serqatnov ko`cha tomon shoshilib ketmoqda... Ortidan yugurdim (begona joyda yolg`iz qolishni hohlamasdim)... Ular boshqa mashinada ketishlarini ma'lum qildilar va tabiiyki man ham ularga ergashdim... Mashina salonida bizdan tashqari yana 3 odam... Vooy dood... Yon daftarcham tushib ketishiga oz qoldi... Gulistonga kirishimizga oz qolibdi... Taksi haydovchi bir joyda to`xtab shu yerdan piyoda postdan o`tishim kerakligini aytdilar, aks holda mani ushlab olisharmush... Umuman tushunmasdan mashinadan tushdim... Toshloq yo`l, oyog`im qayrilib, oyoq kiyimimning iplari uzilib ketdi((( Ирода ----- opamni ko`rganimda aniq yig`lab beraman endi...

     

    Yana mashinaga chiqdim va nihoyat aytilgan manzilga yetib keldim. Urrraa... Ирода ----- opam hunob bo`lib kutib turgan akanlar... Salomlashib, basanojkamni tuzatdirgani usta oldiga qarab yo`l oldik... Hudoga shukur ko`nglim ancha hotirjam bo`ldi... Qiziq umuman yig`lamadim... Ирода ----- opam mani "Oltin vodiy" deb nomlangan kafega taklif qildilar... U yerda bizni Ирода ----- opamni kursdoshlari Islom aka kutib oldilar... Qizg`in suhbat boshlandi...

     

    Bu orada Abdurashid Nurmatov  va Kamola Rasulovalar qo`ng`iroq qildilar. Ular bilan ham qizg`in suhbatga kirishdim... Hatto oldimdagi insonlarni ham unutdim. Qayerdaligimni bilgan Kamola Rasulova hijolat bo`ldilar va keyinroq suhbatlashamiz deya suhbatga yakun yasadilar... Man esa yana qo`ng`iroq qilishga tushdim... Gulistonlik ♥♥ΞΘŕżนlฉrιΞθsmอท ΞMฉдιηฉΞ♥♥naga, afsuski ular man yo`lga chiqgan paytda Toshkentga qarab yo`l olgan ekanlar... Ular bilan toshkentda uchrashishni kelishib oldik... 

    Maroqli suhbat va tushlikdan so`ng, Ирода ----- opam muzqaymoqxo`rlikka taklif qildilar. Soat ham 14:00ni ko`rsatmoqda... Uyga qaytishim kerak deyishimga qaramay, uyat bo`ladi deya opam mani "Oltin baliq" nomli kafega obordilar. U yerda mazza qilib muzqaymoqxo`rlik qildik... Voy rasmlarga olish yodimdan chiqibdiku... Uyga qaytgunimcha bir-ikkita esdalik uchun suratlar to`plab olay endi...

     

     

     

     

     

     

    Ana endi uyga qaytsam ham bo`ladi... Toshkentda mani ♥♥ΞΘŕżนlฉrιΞθsmอท ΞMฉдιηฉΞ♥♥ kutmoqdalar... Ирода ----- opa va ularning kursdoshlari Islom aka bilan hayrlashib, Toshkentga qarab yo`l oldim... Uyga qaytishda kelganimdek qiynalmadim, hamon havo bulut... Kutgan yomg`irlarim qachon yog`arkin? Hayollar og`ushida Toshkentga yetib keldim... Endi ♥♥ΞΘŕżนlฉrιΞθsmอท ΞMฉдιηฉΞ♥♥ topishim kerak. Ular bozorda ekanlar... Qiyinchiliklar bilan bir-birimizni uchratdik... Ular ham man ham shoshilayotganimiz sababli ozgina suhbatlashib, yana uchrashishga kelishib uylarimiz tamon yo`l oldik...

     

    Bugungi sayoxatim shundan iborat... Erta tongdan bposhlangan tushkunlik do`stlarim bilan diydorlashganimdan so`ng tarqadi... Bu uchun ularga o`z minaddorchiligimni bildiraman. Sizlarni juda ham yaxshi ko`raman azizlarim... Bir olam taassurotlar xotiram va mana shu yon daftarchamda qoldi..."

     

    PPS: bu yon daftarchamdagi ko`ngil bitiklari edi... Erinmasdan o`qiganingiz uchun tashakkur. Uchrashuvlar davom etadi... Kelayotgan shanba 21-iyun soat 12:00 da muloqot.uz kafesida siz azizlarni kutib qolamiz. Ajoyib uchrashuvlarning guvohi bo`ling. Sizlar kutib qolguvchi Oddiygina AZIZIM (89dunyo, HAYOTXONIM)