Chustdagi muloqotchilar uchrashuvi

  • Mana yetib keldi kutilgan

    Chuctdagi mezbonlik navbati

    Yuraklarga zavqu shavq solgan

    Diydorlashuv oni- lazzati.

    Bir oy ko‘proq do‘stlarga yozdik

    Taklif bilan blog ham tuzdik

    Sal bo‘lmasa hayqirayozdik

    Ishongan do‘stlar ham kelmadi.

    Bir-bir qarab yondan qo‘shnilar

    Mehmonlaring qani deyishar

    Gap topolmay deyman ichimda

    Ishongan do‘stlar ham kelmadi.

    Salomga alik berish ham bir

    Do‘stlik hurmatin saqlash ham bir

    Zorimiz bor zo‘rimiz yo‘qdir

    Ishongan do‘stlar ham kelmadi.

    Biz minusga minus qilmaymiz

    Do‘stlar hurmatini saqlaymiz

    Kelsangiz bas mehmon qilgaymiz

    Ishongan do‘stlar ham kelmadi.

    Ammo kelganlar mazza qildi

    Attraktsionlarda aylandi

    Ajib taassurotlar bilan

    Uyga qaytishga shaylandi.

    Hali yana uchrashamiz biz

    Bu boshi yo oxiri emas

    Do’stlar hissasi ko’ngildadir

    Boshqalar qilsin bizga havas.

     

    VAFOIY. ALI BOBO.