Sog'inmay qo'ydingmi

  •  

     

    Sog'inmay qo'ydingmi meni yolg'izim,

    Endi tushlaringga kirmay qo'ydimmi.

    Ko'zimda porlagan so'nmas yulduzim,

    Men hijronda yonmoq uchun suydimmi.

    Bilaman olissan, mendek ilojsiz,

    Yolg'izlik seni ham qiynaydi balki.

    Men senga Ollohdan bahtlarni tilab,

    Yo'lingda intizor tirikman toki.

    Ishqning saroyida sarson asirman,

    Dardim ko'tarolmay yig'laydi qalam.

    Ishonmay taqdirga burdim yuzimni,

    Chunki ko'zlaringda azobim nolam.

    Iltijo qilaman yana she'rimga,

    Izhorim yetkaz deb qalbiga uni.

    Niyatim doimo yodingda bo'lsa,

    Tanho sen o'zingsan umrim mazmuni.

    So'z beraman butun umr kutmoqqa,

    Yetsa edi faqat bardoshu sabrim.

    Agar o'tar bo'lsam dunyodan sensiz,

    Sog'inchlarim unib bezaydi qabrim.