Yordam

Do‘stlar va yaqinlar bilan muloqot qilish imkonini beradigan “Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘iga xush kelibsiz!

Bizning saytimizda siz vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz mumkin.

Muloqot, musiqa, fotografiyalar, sizni qiziqtirgan va do‘stlaringiz yoki boshqa a’zolar tomonidan joylashtirilgan ma’lumot, profil, fotoalbom, bloglar bilan tanishish imkoniyati. “Muloqot.Uz” o‘z do‘stlari va yaqinlari hayotidagi so‘nggi o‘zgarishlardan boxabar bo‘lib borishni istagan har kim uchun juda qulay.

“Muloqot.Uz” a’zosiga aylanib, siz:

  • birga o‘qigan, ishlagan yoki dam olgan odamlaringizni topishingiz;
  • atrofingizdagi odamlar haqida ko‘proq ma’lumot olib, yangi do‘stlar orttirishingiz;
  • yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lish;
  • yangiliklarni baham ko‘rib, do‘stlaringizni hayotingizdagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor qilib turish;
  • eng yaxshi, kulgili va qiziqarli fotografiyalaringizni joylashtirishingiz, ular uchun imkon qadar ko‘proq ovoz olib, reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashingiz;
  • musiqa eshitish va yaxshi musiqalarni boshqalarga tavsiya qilish;
  • madaniyat, sport, san‘at va boshqa ko‘plab sohalarga oid so‘nggi yangiliklarni muhokama qilish;
  • do‘stlarning profillariga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Muloqotga kirishishdan avval, iltimos, loyihaning foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing. Quyida “Muloqot.Uz”ning Foydalanish bitimidan qisqacha parcha keltirilgan bo‘lib, saytga a’zo bo‘lishdan avval siz ushbu qoidalarga rozilik bildirgan bo‘lishingiz kerak.

  • Haqiqiy bo‘lmagan shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rsatish taqiqlanadi. A’zo bo‘lish vaqtida, iltimos, haqiqiy ismi va familiyangizni ko‘rsating. Agar soxta ma’lumotlarni kiritganingiz aniqlansa, profilingiz uch kun ichida blokirovka qilinadi;
  • Boshqa A’zolarni kamsitishi mumkin bo‘lgan grafik fayl yoki xabarlarni Saytga joylashtirish yoki Xatlar orqali jo‘natish; tahdid qiluvchi, zo‘ravonlikka chaqiruvchi tasvirlarni, xabarlarni Saytga joylashtirish, shuningdek, O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligi va jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni amalga oshirish; boshqa a’zolarga tahdid qilish, tajovuz qilish va ularni qo‘rqitish taqiqlanadi;
  • Loyihamizda, undagi blog, chat va boshqa bo‘limlarda muloqot olib borish vaqtida haqoratli va tahqirlovchi so‘zlardan foydalanish mumkin emas. Bizning saytimizda pornografiyaga o‘rin yo‘q.

Yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilmaslik profilingiz blokirovkasiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zingizni, sayt a’zolari va mehmonlariga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, fikringizni aniq va muloyim bildiring – sizga ham xuddi shunday javob berishadi.

SMS-muloqot

Internet yo‘q joyda ham voqealar rivojidan boxabar bo‘ling

Registratsiya vaqtida sizdan mobil telefon raqamingizni kiritish so‘raladi. Shundan so‘ng siz sms orqali registratsiya formasidagi tegishli maydonchaga kiritishingiz kerak bo‘lgan tasdiqlash kodini olasiz. Shundan so‘ng do‘stlaringiz bilan sms orqali muloqotga kirishish imkoniga ega bo‘lasiz.

Yangi status yozish uchun 480 raqamiga status matni yuboring. Xabaringizni qabul qilganidan so‘ng server sizga statusingiz raqami (ID) bilan birga tasdiq javobini yuboradi. Statusingizga fikrlar yozish uchun shu raqamdan foydalansiz.

Statusga fikr bildirish uchun 480 raqamiga c<status raqami> <fikr matni> ko‘rinishida yozilgan xabarni jo‘natishingiz kerak. Misol uchun: c1234 Sinovchi fikr.

Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida do‘stlaringizdagi o‘zgarishlar haqida bildirishnomalar olish imkoniyati bor. Misol uchun, kimdir sizni fotografiyada belgilasa, sizning blogpostingizga fikr bildirsa yoki sizga Muloqot.Uz Pochta xizmati orqali xabar jo‘natsa, siz shu zahoti sms orqali bu o‘zgarishdan xabardor bo‘lasiz. Bildirishnomalarni “Bildirishnomalar” bo‘limida sozlash mumkin.

Mobil versiya

Muloqot.Uz har doim sizning mobil telefoningizda! Xohlagan joy, xohlagan vaqtda Muloqot.uz’da bo‘lish imkoniyati!

Chorvoqda, suv ustida skuterda uchayapsizmi? Chorvoqning o‘rtasida turib, bundan do‘stlaringizni xabardor qilishni xohlaysizmi? Bu — muammo emas! Muloqot.Uz’ning mobil versiyasi orqali, internetga kompyuter orqali kirish imkoniga ega bo‘lmagan vaqtingizda ham muloqotni davom ettirishingiz, so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lib turishingiz va do‘stlaringiz bilan muloqotga kirishishingiz mumkin.

Muloqot.Uz’ning mobil versiyasidan foydalanib ko‘rmoqchimisiz?

Bu juda oson — telefoningiz brauzeri orqali http://muloqot.uz manzilini tering va:

  • Do‘stlaringiz bilan yozishing;
  • Guruhlarda fikr almashing;
  • Bloglarda o‘z mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashing;
  • A’zolarni qidirib, yangi do‘stlar orttiring;
  • Saytdagi do‘stlaringiz, do‘stlik takliflari va boshqa ko‘plab yangiliklarni kuzatib boring;
  • Yangiliklar lentasida do‘stlaringizning harakatlariga baho bering;
  • Fotografiyalarni tomosha qiling va ularga fikr bildiring.

Top-profillar

Do‘stlaringizning profillariga baho bering! Eng yaxshilarni tanlang!

Yulduzchalarni bosib, ovoz bering! Do‘stlaringizni top-reytingda yuqori ko‘taring!

Kimning profili eng ko‘p baholanganidan boxabar bo‘ling!

A’zo profilini kuzata turib, bir qatorga terilgan beshta yulduzchani ko‘rishingiz mumkin. Ushbu baholash tizimi foydalanishga qulay va oson. Sichqonchani olib borishingiz bilan har bir yulduzcha o‘ziga xos rangda tovlanadi. Ma’lum yulduzchani bosish bilan a’zo profilining reytingiga ta’sir ko‘rsatish mumkin.

Yulduzchalar – har bir a’zo intilishi kerak bo‘lgan natijalardir. Yulduzchalar, ya’ni, berilayotgan ovozlar sizning Muloqot.uz’dagi harakatlaringizga boshqa foydalanuvchilar qanday munosabatda bo‘layotganini ko‘rsatib beradi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra siz va sizning o‘z do‘stlaringiz shaxsiy sahifalaringizdagi yutuq va kamchiliklarini bilib olishingiz, shunga asosan, unga yangi o‘zgartirishlar kiritishingiz mumkin bo‘ladi.

Takliflarni ko’ring!

Do‘stlaringiz va ular bilan bog‘liq yangiliklar haqida qiziqarli ma’lumotnoma!

“Takliflarni ko‘ring” sahifasida do‘stlaringizning u yoki bu harakatlari haqida ma‘lumot beriladi, harakatlarning amalga oshirilgan vaqti ko‘rsatiladi. “Takliflarni ko‘ring”ning asosiy vazifasi a’zo e’tiborini aynan uning uchun qiziqarli bo‘lgan narsaga qaratishdir.

“Takliflarni ko‘ring” sahifasi xotirada saqlab qolish qiyin bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zida jamlagan, undan foydalangan holda a’zo hech kimni e’tibordan chetda qoldirmaydi va hech nimani o‘tkazib yubormaydi, hammasini o‘z vaqtida amalga oshiradi, ayni vaqtdagi eng asosiy jihatga bor e’tiborni qaratish imkonini beradi.

“Takliflarni ko‘ring” har turli takliflarning bir “tugmacha” ostida joylashgani bilan qulay bo‘lib, a’zo uning yordamida o‘z vaqtini tejaydi va o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan jihatlarni o‘tkazib yubormaydi.

Muloqot.Uz a’zosi sifatida siz quyidagi tanlovlar bo‘yicha taklif olishingiz mumkin:

  • Do‘stingizga yangi do‘stlarni topishga yordam berish;
  • Do‘stlashishni taklif qilish;
  • Bloglarni o‘qish;
  • Do‘stlarning fotoalbomlarini tomosha qilish;
  • Do‘stning musiqa ro‘yxatini ko‘rib chiqish;
  • Musiqani eshitish;
  • Guruhga qo‘shilish;
  • Uzoq vaqtdan beri yozishmagan do‘stga xabar yuborish.