Maxfiylik siyosati

Ushbu maxfiylik siyosati A’zo saytdan foydalanishi chog‘ida Muloqot.Uz u haqida olishi mumkin bo‘lgan barcha axborotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Muloqot.Uz’dan foydalanish internet foydalanuvchisining amaldagi Siyosat va undagi A’zoning shaxsiy ma’lumotlarini ishlash bilan bog‘liq shartlarga so‘zsiz roziligini bildiradi; agar internet foydalanuvchisi ushbu shartlarga rozi bo‘lmasa, Muloqot.Uz’dan foydalanmasligi kerak.

1. A’zolarning shaxsiy ma’lumotlari

1.1. Amaldagi Siyosat doirasida “A’zoning shaxsiy ma’lumoti” deganda quyidagilar tushuniladi:
1.1.1. Internet foydalanuvchisi Muloqot.Uz’da a’zo bo‘lish (registratsiya) vaqtida o‘zi mustaqil ravishda ko‘rsatgan shaxsiy axborot, xususan, A’zoning shaxsiy ma’lumotlari. Muloqot.Uz’dan foydalanish uchun taqdim etilishi shart bo‘lgan ma’lumotlar alohida ajratib ko‘rsatilgan. Boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish ixtiyoriydir.
1.1.2. Muloqot.Uz’dan foydalanish chog‘ida A’zoda o‘rnatilgan dasturiy ta’minot orqali avtomatik ravishda uzatiladigan ma’lumotlar, xususan, IP-manzil, cookie’dan olingan ma’lumotlar, A’zoning brazueri (yoki Muloqot.Uz’ga kirish amalga oshirilayotgan boshqa dastur) to‘g‘risidagi ma’lumot, kirish vaqti, so‘ralayotgan sahifa manzili.
1.1.3. Muloqot.Uz’ning tartibga soluvchi boshqa hujjatlarida ko‘rsatilgan va taqdim etilishi kerak bo‘lgan A’zo to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar.
1.2. Ushbu Siyosat faqat Muloqot.Uz doirasida amal qiladi. Muloqot.Uz sayt sahifalarida uchinchi shaxslar tomonidan qoldirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan saytlarni nazorat qilmaydi va ular uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi. Bunday saytlarda A‘zodan boshqa ma’lumotlar so‘ralishi yoki to‘planishi, shuningdek, boshqa harakatlar amalga oshirilishi mumkin.
1.3. Muloqot.Uz A’zo tomonidan joylashtirilayotgan shaxsiy axborotning aniqligini va ularning yaroqliligini tekshirmaydi. Biroq A’zo o‘zi haqida aniq va a’zo bo‘lish formasidan so‘ralganidek yetarli darajada shaxsiy axborotni taqdim etganiga tayanadi va amalda ushbu axborotni qo‘llab-quvvatlaydi. Yolg‘on ma’lumotlarni joylashtirishning oqibatlari to‘g‘risida Foydalanish bitimida tanishib chiqing.

2. A’zolarning shaxsiy ma’lumotlarini to’plash va ishlashdan maqsad

2.1. Muloqot.Uz faqat o‘z xizmatlarini taqdim etish uchun kerakli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi va saqlaydi.
2.2. Muloqot.Uz A’zosining shaxsiy ma’lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
2.2.1. Muloqot.Uz bilan tuzilgan kelishuv va shartnomalar asosida A’zoni identifikatsiya qilish;
2.2.2. A’zoga xususiy xizmatlarni ko‘rsatish;
2.2.3. Zarur bo‘lgan holatlarda, xususan, Muloqot.Uz’dan foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bildirishnomalar, so‘rovlar va ma’lumotlarni yo‘naltirish, shuningdek, A’zodan kelib tushgan so’rov va arizalarni ishlash vaqtida A’zo bilan aloqada bo‘lish;
2.2.4. Muloqot.Uz’ning ish sifatini yaxshilash, foydalanishdagi qulayliklarini oshirish, yangi xizmat turlarini ishlab chiqish;
2.2.5. Reklama materiallarini targeting yordamida (saralab) joylashtirish;
2.2.6. Egasi yashirilgan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish.

3. A’zoning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va uni uchinchi shaxslarga taqdim etish shartlari

3.1. Muloqot.Uz Foydalanish qoidalariga asosan A’zolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydi.
3.2. A’zo o’zi haqidagi ma’lumotlarni to‘liq ochiq qilib qo‘yganidan boshqa barcha holatlarda A’zoning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan maxfiylik saqlanadi.
3.3. Muloqot.Uz quyidagi holatlarda A’zoning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi tomonga taqdim etishi mumkin:
3.3.1. A’zo shunday harakatga o‘zining to‘liq roziligini bildirsa;
3.3.2. A’zo ma’lum bir xizmat turidan foydalanish chog‘ida yoki A’zoga qaysidir xizmatni ko‘rsatish zarur bo‘lgan holatlarda. Bu holatda shaxsiy ma‘lumotlarning maxfiyligi ta’minlanadi, A’zo bundan to‘la xabardor qilinadi.
3.3.3. Ma’lumotlarni taqdim etish O’zbekiston qonunchiligi yoxud qonunchilik doirasida o‘rnatilgan qonuniy jarayonda ko‘zda tutilgan bo‘lsa;
3.3.4. Biznes (to‘liq yoki uning bir qismi) sotilgan vaqtda xuddi shunday taqdim etish amalga oshadi, ayni vaqtda, amaldagi Maxfiylik siyosati shartlariga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarni xaridor yelkasiga yuklanadi.
3.3.5. A’zo Muloqot.Uz’ning Foydalanish bitimiga rioya qilmagan holatlarda Muloqot.Uz yoki uchinchi shaxlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida.

4. Shaxsiy ma’lumotning A’zo tomonidan o‘zgartirilishi

4.1. A’zo istalgan vaqtda o‘zi tomonidan joylashtirilgan shaxsiy axborotni yoki uning ma’lum qismini o‘zgartirish (yangilash, to‘ldirish), shuningdek, “Sozlashlar” bo‘limidagi shaxsiy axborotni tahrir qilish imkoniyatidan foydalangan holda maxfiylik shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega.
4.2. A’zo o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni, shuningdek, profilini “Sozlashlar” bo‘limidagi “Akkauntni deaktivatsiya qilish” funksiyasidan foydalangani holda deaktivatsiya qilish huquqiga ega.

5. A’zolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish maqsadida ko‘riladigan choralar

Muloqot.uz A’zolarning shaxsiy ma’lumotlari tasodifiy yoki noqonuniy yo‘l bilan o‘chib ketishi, o‘zgartirilishi, blokirovka bo‘lib qolishi, ma‘lumotlarning ko‘chirilishi, tarqatilishi, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan boshqa noqonuniy harakatlarining oldini olish maqsadida A’zolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha zaruriy, texnik va kerakli darajada tashkil qilingan choralarni ko‘radi.

6. Maxfiylik siyosatining o‘zgartirilishi. Tatbiq etiladigan qonunchilik

6.1. Muloqot.Uz amaldagi maxfiylik siyosatiga o‘zgartirish huquqiga ega. Amaldagi maxfiylik siyosati o‘zgartirilganida uning o‘zgartirilgan sanasi ko‘rsatiladi. Agar yangi Maxfiylik siyosatida boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u e’lon qilingan kunidan boshlab kuchga kiradi. Maxfiylik siyosatining amaldagi tahriri bilan ushbu manzilda joylashgan: http://muloqot.uz/help/privacy.
6.2. Amaldagi Maxfiylik siyosati va ushbu siyosat orqali amalga oshiriladigan A’zo hamda Muloqot.Uz o‘rtasidagi munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tatbiq etiladi.

7. Biz bilan bog‘laning. Savol va takliflar

Ushbu Maxfiylik siyosati bo‘yicha barcha savol va takliflarni ushbu sahifa orqali yoki Toshkent shahri, 100031, Afrosiyob ko‘chasi, 2-uy, “Simple Networking Solutions” MChJ manziliga jo‘natishingiz mumkin.

So‘nggi o‘zgartirilgan vaqti: 08.07.2011-yil.