Internet yo‘q joyda ham Muloqot.Uz'da bo‘ling!

Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z a’zolariga internet yo‘q joyda ham SMS orqali muloqotda bo‘lish imkoniyatini beradi.

SMS xizmati qanday yoqiladi? Uni yoqish uchun Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mobil telefon raqamingizni tasdiqlashingiz zarur bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida raqamingizni tasdiqlamagan bo‘lsangiz, “Sozlashlar” bo‘limida tasdiqlashingiz mumkin. Mobil telefon raqamini tasdiqlash mutlaqo bepul.

SMS-bildirishnomalar

SMS-bildirishnomalar

Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘ida do‘stlaringiz bajargan harakatlari haqidagi bildirishnomalarni darhol sms orqali qabul qilishingiz mumkin. Bu bildirishnomalar siz tasdiqlagan mobil telefon raqamiga keladi. Sms bildirishnomalarni profilingizdagi “Bildirishnomalar” bo‘limida sozlashingiz mumkin.

Barcha SMS-bildirishnomalar a’zolarimiz uchun mutlaqo bepuldir!

SMS-muloqot

SMS-muloqot

Internetga kirish imkoniyatingiz bo‘lmasa ham, siz 480 qisqa raqamiga sms yuborgan holda muloqotda bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, mobil telefoningizdan sms orqali statuslar, fikrlar yuborishingiz mumkin.

Lentaga status yozmoqchi bo‘lsangiz, statusingizni 480 qisqa raqamiga sms shaklida yuboring. Statusingiz lentangizga joylashtirilgandan so‘ng, sizga statusingiz raqami (ID) sms-xabar ko‘rinishida keladi. Bu raqam statusingizga fikr bildirish uchun kerak.

Statusingizga fikr bildirish uchun 480 qisqa raqamiga quyidagicha xabar yuboring: c (masalan, c12345 Fikr matni). Bu holda sizning xabaringiz statusingizga bildirilgan fikr ko‘rinishida saqlanadi.

Ucell va Beeline pre-paid abonentlari uchun SMS orqali status yuborish xizmati mutlaqo bepul.