Foydalanish bitimi

“Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i Foydalanish bitimi” (bundan buyon matnda Bitim deb yuritiladi) nomli ushbu hujjat “Simple Networking Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomidan Internet tarmog‘i foydalanuvchisiga (bundan buyon matnda A’zo deb yuritiladi) Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘idan (bundan buyon matnda Xizmat, Muloqot.Uz deb yuritiladi) foydalanish bo‘yicha quyida keltirilgan shartlar asosida bitim tuzishni taklif etadi.

1. Umumiy qoidalar

1.1. A’zolarning Muloqot.Uz’dan foydalanishlari ushbu Bitim, Maxfiylik siyosati va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
1.2. Muloqot.Uz’ga a’zo bo‘lib, o‘zi haqida axborot va boshqa ma’lumotlar (bundan buyon matnda Axborot deb yuritiladi)ni joylashtirgan, Muloqot.Uz’da Axborotlarni ko‘rib, uning istalgan funksiyasidan foydalangan vaqtidan boshlab A’zo amaldagi Bitimning barcha shartlariga rozi ekanligi va Muloqot.Uz’dan foydalanish chog‘ida ularga rioya qilishini tasdiqlaydi, aks holda Muloqot.Uz’dan foydalanishni to‘xtatadi.

2. Ma’lumotlarni taqdim etish, joylashtirish va ulardan foydalanish

2.1. Muloqot.Uz’ga a’zo bo‘lib, unga a’zo sifatida kirgandan so‘nggina Muloqot.Uz’dan to‘liq foydalanish, jumladan, A’zo profilini yaratish, Axborotlarni joylashtirish, boshqa a’zolar to‘g‘risida nisbatan to‘liq axborot olish, xat jo‘natish imkoni taqdim etiladi.
2.2. A’zo mustaqil ravishda o‘z logini va parolining xavfsizligi uchun javob beradi va uni uchinchi shaxslarga olib berish yoki taqdim etish huquqiga ega emas. A’zoga tegishli login va parol orqali Muloqot.Uz’da amalga oshirilgan barcha harakatlar A’zo tomonidan amalga oshirilgan harakatlar deb hisoblanadi.
2.3. A’zo profilini yaratish vaqtida A’zo Muloqot.Uz’da o‘zi haqida ma’lum axborotni, jumladan, haqiqiy ismi va familiyasi, elektron pochta manzili (email), mobil telefon raqami va taqdim etilishi majburiy qilib belgilangan boshqa axborotlarni kiritishi shart. Ushbu axborotlar Muloqot.Uz’da A’zoning profilini yaratish uchun foydalaniladi. Agar A’zo saytda a’zolikdan o‘tmasa, ma’lumotlar saqlab qolinmaydi.
2.4. A’zo Muloqot.Uz’da o‘zining bilim darajasi, kasbiy tajribasi, qiziqishlari va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarni joylashtirishi mumkin. Ushbu ma’lumotlarni joylashtirish majburiy hisoblanmaydi va A’zo tomonidan ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.
2.5. Ushbu Bitimga rozilik bildirishi bilan A’zo Muloqot.Uz uning ma’lumotlarini qayta ishlashiga rozilik bildiradi.
2.6. Muloqot.Uz’ga o‘z login va paroli bilan kirgan A’zo istalgan vaqtda Muloqot.Uz’ga o‘zi tomonidan joylashtirilgan istalgan ma’lumotni o‘chirib tashlash huquqiga ega.
2.7. A’zo Muloqot.Uz’ga axborot joylashtirishda yoki Muloqot.Uz’dan boshqa maqsadlarda foydalanish chog‘ida quyidagi shart va cheklovlarga amal qilishi majburiydir:
2.7.1. A’zo tomonidan joylashtiriladigan (har qanday) axborot (material) uchinchi shaxslarning mualliflik huquqlari, tovar belgilariga bo‘lgan huquqlari, intellektual mulkning boshqa huquqlarini buzmasligi shart.
2.7.2. Muloqot.Uz’da boshqa a’zolarni adashtirishga yo‘naltirilgan harakatlar shuningdek, quyidagilarni amalga oshirish qat’iy taqiqlanadi:
- o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatish, xususan, boshqalarning ismlari yoki taxalluslar bilan bir necha marta a’zo bo‘lish orqali bir necha profillarni yaratish;
- yolg‘on ma’lumotlar asosida profil yaratish, axborotni buzib ko‘rsatish, o‘zi haqida yolg‘on axborotni joylashtirish va boshqalar;
- anketa formalariga so‘ralmagan, lozim bo‘lmagan axborotlarni joylashtirish;
- xabar kimga qaratilganini aniqlash imkonini bermaydigan darajada axborotni buzib talqin etish;
- Muloqot.Uz’da o‘ziga oid bo‘lmagan, mashhur kishilarning, ota-onasiz suratga tushgan voyaga yetmagan shaxslarning, shuningdek, audioviziual va adabiy asarlar qahramonlarning fotografiyalarini joylashtirish.
- Boshqa A’zolarni kamsitishi mumkin bo‘lgan grafik fayl yoki xabarlarni Saytga joylashtirish yoki Xatlar orqali jo‘natish; tahdid qiluvchi, zo‘ravonlikka chaqiruvchi tasvirlarni, xabarlarni Saytga joylashtirish, shuningdek, O‘zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligi va jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni amalga oshirish; boshqa a’zolarga tahdid qilish, tajovuz qilish va ularni qo‘rqitish.
- Yalang‘ochlik aks etgan, shahvoniy harakatlarga yo‘naltirilgan, shuningdek, ochiq shahvoniy xarakterdagi, pornografik, erotik axborotlarni (foto, video, link) tarqatish taqiqlanadi.
2.7.3. Ushbu bitimda ko‘rsatilgan, qonunchilik va uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan va reklama, erotik, pornografik hamda haqoratlash xarakteridagi axborotlarni joylashtirish, harakatlarni amalga oshirish mumkin emas.
2.7.4. A’zoning harakatlari fuqarolarning, boshqa a’zolarning konstitutsion huquqlarini buzmasligi, xususan, shaxsiy hayot daxlsizli, shaxsiy va oilaviy sir huquqlarini, sha’n va pok nomini buzmasligi kerak. A’zo Muloqot.Uz’ga boshqa a’zolar tomonidan joylashtirilgan axborotni, qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’iy nazar, yig‘ish, tasniflash, saqlash yoki tarqatish huquqiga ega emas. Shuningdek, uchinchi shaxslarga Muloqot.Uz’dan foydalanish huquqini taqdim etish orqali yuqoridagi harakatlarni amalga oshirish imkonini berish mumkin emas.
2.8. A’zo o‘zi tomonidan Muloqot.Uz’ga joylashtirilgan axborot nafaqat bevosita sayt orqali, balki birinchi manbaga link ko‘rsatgani holda translyatsiya qiluvchi texnik vositalar (pochta xabarnomasi, RSS-translyatsiya va h.k.) Muloqot.Uz va A’zo belgilagan hajmda qayta uzatilishiga rozilik bildiradi. Xususan:
- A’zoning aloqa ma’lumoti (elektron pochta manzili, telefon raqami, messenjer va boshqa ma’lumotlari) faqat a’zo bo‘lgan A‘zolarga ko‘rinadi. A‘zo Muloqot.Uz orqali xat yozgan vaqtda uning elektron pochta manzili boshqa a’zoga ko‘rinishi mumkin.
- A’zoning to‘liq ismi faqat a’zo bo‘lgan a’zolargagina ko‘rinadi. Undan tashqarida A’zo tanlagan sozlashlar bo‘yicha ko‘rinadi.
- A‘zo profilida ko’rsatilgan aloqa ma’lumotlaridan boshqa barcha axborot Muloqot.Uz a’zolari uchun ochiq hisoblanadi.
2.9. Muloqot.Uz A‘zoning ko‘rish imkoni cheklangan shaxsiy yoki boshqa axboroti boshqa a’zolar tomonidan tarqatib yuborilgan hollarda javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.
2.10. A’zo o‘zi tomonidan joylashtirilgan har qanday axborotning ko‘rish darajasini cheklamagan bo‘lsa, bu axborot jamoatchilik mulki ekanligiga va Maxfiylik siyosati unga nisbatan amal qilmasligiga rozilik bildiradi.
2.11. A’zo Muloqot.Uz’ga biror-bir axborotni joylash yoki sayt orqali biror-bir axborotni tarqatish jarayonida Muloqot.Uz ma’muriyati hamda internetning boshqa foydalanuvchilari shu ma’lumotdan, agar bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelmasa, amaldagi Bitim doirasida bepul, muhlatsiz va qaytarib olish huquqisiz foydalanishga rozi bo‘ladi. Ayni vaqtda, A’zo Muloqot.Uz’ning boshqa a’zolari tomonidan joylashtirilgan axborotning haqqoniyligi, to‘liqligi yoki foydaliligi hamda boshqalar bilan bog‘liq barcha tavakkalchiliklar uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.
2.12. A’zo Muloqot.Uz’ga boshqa internet foydalanuvchilarini a’zo bo‘lishga taklif qilishi mumkin. Taklifnomani yuborish uchun A’zo “Taklif qiling” sahifasiga kirib, taklif qilmoqchi bo‘lgan bo‘lgan foydalanuvchilarning elektron pochta manzillarini va taklifnoma matnini kiritish kerak bo‘ladi. Ushbu axborot Muloqot.Uz’ga taklif qilingan foydalanuvchining Muloqot.Uz’dan a’zo bo‘lishga qaror qilganida uni a’zo qilish uchun kerak bo‘ladi. Muloqot.Uz A’zolar nufuziga o‘zi amin bo‘lgan va o‘zi ishongan internet foydalanuvchilarini saytga taklif qilishni tavsiya qiladi.
2.13. Internetdagi ko‘plab xizmatlarda bo‘lgani kabi Muloqot.Uz ham, xususan, sessiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun, cookies texnologiyasidan foydalanadi. Agar A‘zoning web-brauzeri cookies texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamasa, u Muloqot.Uz’dan foydalana olmaydi.
2.14. A’zo har safar Muloqot.Uz’ga kirganida Muloqot.Uz avtomatik ravishda A’zo kirgan URLni, kompyuterining IP-manzili, operatsion tizimi, ishlatayotgan web-brauzeri hamda provayderining nomlarini saqlab qoladi. Ushbu axborotlar qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgandir. Muloqot.Uz, shuningdek, A’zoning saytdagi barcha harakatlarini kundalik ko‘rinishida saqlab, qayd etib boradi.

3. Javobgarlik

3.1. A’zo Muloqot.Uz’dan foydalanish chog‘ida o‘z harakatlari uchun, ularning qonunchilik doirasida bo‘lishi hamda boshqalarning huquq va qonuniy qiziqishlarini buzmasligi uchun uchinchi shaxslar oldida mustaqil ravishda javobgardir. A’zo Muloqot.Uz’dan foydalanish chog‘ida yuzaga kelgan uchinchi shaxslarning barcha da’volari bo‘yicha o‘zi mustaqil ravishda va o‘z hisobidan tartib o‘rnatishga javobgardir.
3.2. Muloqot.Uz A’zo tomonidan joylashtirilgan axborotni qisman yoki butunlay o‘chirib tashlash huquqiga, xususan, A’zo tomonidan joylashtirilgan axborot, fikr yoki amalga oshirilgan harakat amaldagi Bitimga zid bo‘lsa, A’zo tomonidan joylashtirilgan axborotni qisman yoki butunlay o‘chirib tashlash huquqiga ega.
3.3. Amaldagi Bitim va uning 1.1-bandida ko‘rsatilgan boshqa tartibga soluvchi hujjatlarga rioya qilmaganlik uchun Muloqot.Uz A’zoni blokirovka qilishi yoki ogohlantirmasdan turib uning profilini o‘chirb tashlashi mumkin.
3.4. Muloqot.Uz A’zo tomonidan joylashtirilgan axborotning uchinchi shaxslar tomonidan (qonuniy va g‘ayriqonuniy bo‘lishidan qat‘iy nazar) Muloqot.Uz doirasida yoki undan tashqarida chop etish va tarqatilishi uchun javobgar emas.
3.5. Muloqot.Uz A’zo tomonidan joylashtirilgan axborotlarni tekshirmaydi, o‘zgartirmaydi yoki joylashtirilgan axborot mazmuni bo‘yicha majburiyatlarni o‘ziga olmaydi. Shuningdek, Muloqot.Uz A’zo tomonidan joylashtirilgan axborotning to‘g‘riligi, qonuniyligi, sifati va boshqa A’zolarning Muloqot.Uz doirasidagi talablariga to‘g‘ri kelish-kelmasligiga javobgar emas.
3.6. Muloqot.Uz A’zo tomonidan joylashtirilayotgan axborotning ichida bo‘lishi mumkin bo‘lgan va boshqa chet manbalarga olib chiqadigan linklar, ularga kirish mumkinligiga, ularning to‘g‘ri ishlashi va mavzuga oidligiga javobgar emas.
3.7. Muloqot.Uz A’zo yoki uchinchi shaxslarga Muloqot.Uz’dan foydalanish mumkin bo‘lgan yoki undan foydalanish imkoni bo‘lmagan vaqtda yetkazilgan bevosita yoki bilvosita zararni qoplamaydi.

4. Boshqa shartlar

4.1. Muloqot.Uz “boricha” (“as is”) taqdim etiladi. Muloqot.Uz A’zoning maqsadlari va kutganlariga mos kelishiga, uning uzluksiz va xatosiz ishlashiga, shuningdek, A’zo profilining , A’zo tomonidan Muloqot.Uz’ga joylashtirilgan axborot va ma’lumotlarning saqlanishiga javobgar emas.
4.2. A’zolik sozlashlarida ma’lum tanlovni amalga oshirishi bilan A’zo a’zo bo‘lish vaqtida ko‘rsatgan elektron pochta manzili va mobil telefon raqamiga tegishli ko‘rinishda bildirishnoma olishga rozi bo‘ladi. Bildirishnomalarni olishdan voz kechish, bunday bildirishnomalar hajmi va davriyligini “Sozlashlar” sahifasidagi “Bildirishnomalar” bo‘limida o‘zgartirish mumkin.
4.3. Muloqot.Uz’dan foydalanish yoki foydalana olmaslik bilan bog‘liq barcha e‘tiroz va savollar “Bog’lanish” sahifasi orqali yuborilishi mumkin
4.4. Muloqot.Uz istalgan vaqtda A’zoni ogohlantirmasdan amaldagi Bitim matnini o‘zgartirish va/yoki Muloqot.Uz’ning istalgan shartiga o‘zgartirish huquqiga ega. Amaldagi Bitim matni bilan quyidagi manzilda tanishib chiqish mumkin: http://muloqot.uz/help/terms